O‘zbekiston | 07:33 / 10.09.2022
15061
1 daqiqa o‘qiladi

Amanbay Orinbayev senator bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev Oliy Majlis Senati a’zosi bo‘ldi.

Foto: joqargikenes.uz

Parlament matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 9 sentabr kuni xalq deputatlari mahalliy kengashlarining qo‘shma majlisida Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylangan. 

Yig‘ilishni O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ochdi. 

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi oxirida Amanbay Orinbayev Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi etib tasdiqlangan edi. 

Amanbay Orinbayev bungacha Ichki ishlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan, 2022 yilning mart oyidan iyul oyigacha Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri, keyinroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining Orolbo‘yi ekologiyasi va rivojlanishi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan.

Mavzuga oid