O‘zbekiston | 12:57 / 10.09.2022
12527
2 daqiqa o‘qiladi

«Samarqandda Belarus yuzasidan kutilayotgan qaror uning darhol ShHT a’zosiga aylanishini anglatmaydi» - Nurimbetov

Ayrim xorijiy nashrlarda Belarus Samarqandda o‘tkaziladigan ShHT sammitida tashkilot a’zosiga aylanishi haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekistonning ShHT bo‘yicha milliy koordinatori Rahmatilla Nurimbetov bunga izoh berdi.

Rahmatulla Nurimbetov

Nurimbetovning aytishicha, Belarus iyun oyida ShHTga to‘liq a’zo bo‘lib kirish masalasida rasman murojaat qilgan. Biroq jarayon yakuniy to‘xtamga kelinmagan.

"Hozirda ushbu masala 8 ta a’zo davlat tomonidan o‘rganilmoqda, biroq yakuniy to‘xtamga kelinmadi. Mavzu ShHT davlatlari milliy koordinatorlarining 10-14 sentabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishi kun tartibidan joy olgan. 

Belarusni ShHTga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilish uchun konsensus bo‘lishiga yaxshi imkoniyatlar mavjud, deyish mumkin. Bu esa Samarqand sammitida ushbu davlatni ShHTga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilish protsedurasini boshlash to‘g‘risidagi davlat rahbarlari qarorini qabul qilinishi mumkin, degani. Biroq, qaror ushbu mamlakatning darhol ShHTga a’zo bo‘lishini anglatmaydi.

Tajriba shuni ko‘rsatadiki, bunday jarayon, odatda, o‘rtacha ikki yil davom etadi. Chunki nomzod davlat qator majburiyatlarni bajarishi lozim va bu muayyan vaqtni talab etadi", - deya ta’kidladi milliy koordinator.

Mavzuga oid