Sirdaryoda 3 ming dollar evaziga diplom olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168, 28 va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Boyovut tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, fuqarolar T.N. va D.N. fuqaro H.ga yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filialini tugatgani to‘g‘risida diplom olib berishi evaziga 3 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti bo‘lim boshlig‘i fuqaroni o‘qishga kiritishini aytib, evaziga 5 ming dollar olayotganda qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid
21:00 / 09.12.2024
200 dollarlik fotosurat, “ish bitirgan” kurka bolalari va qo‘shmachining “tanka”si – noodatiy poralar
16:38 / 06.12.2024
Markaziy Osiyo mamlakatlari vegetatsiya mavsumi uchun suvni taqsimlab oldi
19:25 / 02.12.2024
Navoiyda pora olgan IIB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi
12:07 / 30.11.2024