O‘zbekistonda oliy ta’lim ish haqiga qanday ta’sir qilishi o‘rganildi
2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi 49-maqsadida 2026 yilgacha respublika hududlarida kamida bittadan oliygoh tashkil etish orqali nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari sonini 50 taga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti oliy ta’lim darajasi ish haqiga ta’siri bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.
O‘tkazilgan tadqiqot jarayonida (Jizzax viloyati misolida) quyidagi natijalar olindi: oliy ta’lim ish haqiga 50 foizgacha ustamani ta’minlaydi; amaliy malaka va ish tajribasiga ega ekanlik ustama miqdorini 5 foizgacha yetkazadi; ayollarda ta’lim sermahsulligi erkaklarga qaraganda yuqori - 73 foiz va 42 foiz.
PMTI tahlil natijalari boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar tadqiqot natijalari bilan mos keladi. Jahon banki ekspertlari hisob-kitoblariga ko‘ra, jahon miqyosida oliy ta’lim 40-60 foiz ustama ta’minlashini ko‘rsatgan.
Shu bilan birga, Jizzax viloyatida ta’lim olish davomiyligi eng yuqori ekanligi qayd etildi – 13,4 yil (respublika bo‘yicha o‘rtacha 12,7 yil).
Ta’lim sermahsulligini jinslar bo‘yicha baholash ish haqi darajasida gender nomutanosibligi mavjudligini ko‘rsatdi. Shunga ko‘ra, ayollarda ta’lim sermahsulligi oylik ish haqiga nisbatan 23 foiz yuqori ekani ma’lum bo‘ldi.
Taklif qilinishicha, insonlar ijtimoiy zinapoyadan ko‘tarilishi uchun muhim shart sifatida oliy ta’limni ommalashtirishga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Ota-onalar ham farzandlari oliy ta’lim olishi uchun ular dunyoga kelgan paytdayoq, mablag‘ jamg‘arishga jiddiy e’tibor qaratishi darkor.
Mavzuga oid
15:21 / 19.12.2024
Xitoyda o‘g‘lining uy vazifalariga yordamlashayotgan ota infarktga chalindi
16:56 / 13.12.2024
Andijonda hokim o‘quvchilarni armiyaga yubordi, IIB boshlig‘i “qizil toifa”ga ajratdi. Bu to‘g‘rimi? - mutaxassislar bilan suhbat
09:30 / 04.12.2024
Dunyodagi eng qimmat 10 ta maktab-internat: ularda yillik o‘qish narxi 100 ming dollardan oshadi
14:33 / 21.11.2024