O‘zbekiston | 07:10 / 13.09.2022
8436
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda yer silkinishi qayd etildi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston hududida 12 sentabr mahalliy vaqt bilan soat 21:32 da yer silkinishi sodir bo‘ldi. 

Episentr - Sirdaryo viloyati. Yer silkinishi koordinatalari: 40,37 gradus shimoliy kenglik; 68,71 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=2,9. Chuqurlik 10 km. Yer silkinishi episentri Toshkentdan 108 km janubi-g‘arbda.

O‘zbekiston hududida yer silkinishi sezilish kuchi:

Yangiyer shahrida 3 ball, 14 km;
Guliston shahrida 3 ball, 14 km;
Xovos tumanida 3 ball, 16 km;
Boyovut tumanida 2-3 ball, 20 km;
Guliston tumanida 2-3 ball, 23 km.

Mavzuga oid