O‘zbekiston | 09:18 / 15.09.2022
3617
1 daqiqa o‘qiladi

«Temir daftar»dagi oilalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibi ma’lum qilindi

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga qanday tartibda tibbiy xizmat ko‘rsatilishi ma’lum qilindi. 

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi xabariga ko‘ra, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • tibbiy yordamga muhtoj oilalar boshqaruv ofisi tomonidan tegishli tibbiyot xodimini jalb qilingan holda o‘rganiladi;
  • o‘rganish natijasi bo‘yicha kasalligi aniqlangan va tibbiy yordamga muhtoj oila a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga yuboriladi;
  • tibbiy ko‘rik natijasi yuzasidan ko‘rsatma bo‘yicha oila a’zolari tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida statsionar yoki ambulatoriya sharoitda davolanadi;
  • nogironlik belgilari aniq namoyon bo‘lgan bemorlar belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tish uchun tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi.

Mavzuga oid