Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazishni taklif qildi
Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat rahbarlari kengashi tor doiradagi uchrashuvidan so‘ng kengaytirilgan tartibdagi majlis boshlandi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.
Prezident ishtirokchilar e’tiborini mamlakatlar qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yirik ishlab chiqaruvchilari, eksport va import qiluvchilari bo‘lishiga qaramasdan, ShHT maydonchasida oziq-ovqat xavfsizligi masalalari bo‘yicha hali jiddiy hamjihatlik yo‘lga qo‘yilmaganiga qaratdi.
“Davlatlarimiz salohiyati ichki bozorlarni boshoqli ekinlar, chorvachilik va meva-sabzavot mahsulotlari, asosiy oziq-ovqat turlari hamda zarur o‘g‘itlar bilan muntazam ta’minlash imkonini beradi. Bundan tashqari, biz ushbu muammoni global darajada hal qilishga hissa qo‘shishimiz kerak”, dedi u.
Shu munosabat bilan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash umumiy tamoyillari va yondashuvlarini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Davlat rahbari qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish va qayta ishlash dasturlariga, to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zaro ta’minot muvofiqlashtirilgan sxemalarini shakllantirishga, yuqori sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish uchun samarali logistika, "yashil" va ekspress-yo‘laklarni tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratishga chaqirdi.
Ushbu hayotiy masalalarni keng muhokama qilish maqsadida kelgusi yili oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazish taklif etildi.
Mavzuga oid
14:56 / 19.12.2024
O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari Pokiston bozoriga olib kiriladi
18:11 / 12.12.2024
Mato ishlab chiqarish va bo‘yash korxonalari qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlanadi
19:53 / 11.12.2024
Toshkentda Yunusobod dehqon bozori o‘rnida uch qavatli ekobozor quriladi
19:47 / 11.12.2024