Narendra Modi O‘zbekistonga mehmondo‘stlik uchun o‘zbek tilida minnatdorchilik bildirdi
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Twitter’dagi rasmiy sahifasida O‘zbekiston xalqi va rahbariyatiga mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
“ShHT sammitida samarali ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar olib bordik. O‘zbekiston xalqi va hukumatiga mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik bildiraman”, — deb yozgan bosh vazir hind, ingliz va o‘zbek tillarida.
16 sentabr kuni Hindiston hukumati rahbari Shanhay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etdi, Samarqandda prezident Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.
ShHT davlat rahbarlari kengashi majlisidan so‘ng tashkilotga bir yillik raislik birinchi marta Hindistonga o‘tmoqda. Ushbu mamlakatda ShHT davlat rahbarlari navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
11:42 / 18.12.2024
O‘zbekiston va Hindiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda
20:02 / 17.12.2024
Hindiston havoning ifloslanishi bilan bog‘liq cheklovlarni kuchaytirdi
21:54 / 12.12.2024
Hindiston va Rossiya neft bo‘yicha tarixiy kelishuvga erishdi - OAV
23:45 / 09.12.2024