O‘zbekiston | 11:39 / 20.09.2022
3000
1 daqiqa o‘qiladi

Axborot va aloqa sohasidagi korxonalar soni ko‘p hududlar ma’lum qilindi

Qaysi hududda axborot va aloqa sohasidagi korxonalar soni ko‘pligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2022 yil 1 sentabr holatiga respublikada axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 11 413 tani tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yil mos davriga nisbatan solishtirilganda 6,7 foizga oshgan. 

2022 yil 1 sentabr holatiga axborot va aloqa sohasida 1 682 ta korxonalar yangi tashkil etilgan. Ularning 1 673 tasi kichik biznes sub’yektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Axborot va aloqa sohasida eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxonalar hududlar kesimidagi soni:

  • Toshkent shahrida – 726 ta;
  • Samarqand viloyatida – 154 ta;
  • Farg‘ona viloyatida – 115 ta;
  • Toshkent viloyatida – 99 ta.

Mavzuga oid