O‘zbekiston | 13:49 / 20.09.2022
8820
2 daqiqa o‘qiladi

Deputatlar «Yo‘l harakatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini qabul qildi

Foto: Kun.uz

Qonunchilik palatasi navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda “Yo‘l harakatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kundagi yo‘llar holati o‘sib borayotgan transport vositalari tirbandliklarsiz harakatlanishini ta’minlashga javob bermaydi. Yo‘l harakati ishtirokchilari bo‘lgan transport vositalari yo‘lovchilari, piyoda va velosiped xaydovchilar uchun yo‘l harakatini tashkil etish to‘g‘ri va tizimli yo‘lga qo‘yilmagan. 

Taklif etilayotgan qonun loyihasida yo‘l harakatini tashkil etish asosiy prinsiplari, yo‘l harakatini tashkil etish sohasidagi davlat boshqaruvi, avtomobil yo‘li egasi huquq va majburiyatlari, yo‘l harakatini tashkil etishga qo‘yiladigan umumiy talablar, yo‘l harakati monitoringini olib borish, yo‘l harakatini tashkil etish samaradorligini ta’minlash kabi yo‘nalishlar belgilab qo‘yilmoqda. 
 
Bildirilishicha, qonun loyihasi qabul qilinishi yo‘l harakatini tashkil etish bo‘yicha davlat boshqaruvi va vakolatli organlar o‘rtasida samarali hamkorlik qilish tizimlarini yaratish, yo‘l harakatini tashkil etish sohasidagi faoliyat tizimli va kompleks boshqarilishi natijasida yo‘l harakatini tashkil etish samaradorligini oshirish hamda takomillashtirish, yo‘l harakati xavfsizligi yuqori darajaga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi. 

Mavzuga oid