Navoiyda ikki nafar advokat qo‘lga olindi
Navoiy shahridagi advokatlar hay’ati advokati “H.Q.” mahalliy fuqaroga nisbatan ichki ishlar organlari tomonidan qo‘zg‘atilib, tergov qilinayotgan jinoyat ishini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 8 ming AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, advokat so‘ralgan pul mablag‘idan 7500 AQSh dollarini olgan vaqtida DXX Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi va IJQK departamenti hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida “H.Q.” 7500 AQSh dollaridan 1500 AQSh dollarini o‘z ulushi sifatida olib, qolgan qismini hamkasbi - Navoiy shahridagi advokatlik firmasi advokati “F.N.”ga berishi kerakligi ma’lum bo‘lgan va tezkor tadbir davom ettirilib, “F.N.” 6 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan “H.Q.” va “F.N.”ga nisbatan Jinoyat kodeksi tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:19 / 21.01.2025
«O‘ng yuzingizga urganda, chapini tutib bermaslik kerak» – jim turish va advokat talab qilish huquqi haqida
10:57 / 20.01.2025
Navoiyda inspektor 16 yoshli bola boshqaruvidagi mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi
16:00 / 18.01.2025
Navalniyning advokatlari ozodlikdan mahrum qilindi
07:43 / 16.01.2025