Shavkat Mirziyoyev va Suma Chakrabarti O‘zbekistonda islohotlar dasturi bo‘lajak kun tartibini muhokama qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 sentabr kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi.
Uchrashuvda mamlakatdagi iqtisodiyot va boshqaruvni isloh qilish doirasida erishilgan natijalar va bu boradagi kelgusi rejalar ko‘rib chiqildi.
Maslahatchi Chakrabarti O‘zbekiston yetakchisini Shanhay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammiti muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabriklab, prezident tomonidan ilgari surilgan umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida Samarqand birdamligi tashabbusini yuksak baholadi.
Davlat rahbari ustuvor yo‘nalishlardagi yangilanishlarni birgalikda puxta tayyorlash va keyinchalik amalga oshirish jarayonini davom ettirish zarurligini ta’kidladi. Iqtisodiyot muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish, davlat boshqaruvini transformatsiya qilish va samaradorligini kuchaytirish, jamiyat hayoti barcha jabhalarini raqamlashtirish, qulay investitsion va ishbilarmonlik muhitini yaratish, yangi kadrlarni tayyorlash shular jumlasidan.
Suma Chakrabarti ushbu masalalarda O‘zbekiston hukumatiga bundan buyon ham faol ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
Suma Chakrabarti O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi etib tayinlanishidan avval sakkiz yil davomida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
18:11 / 12.12.2024
Mato ishlab chiqarish va bo‘yash korxonalari qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlanadi
19:53 / 11.12.2024
Toshkentda Yunusobod dehqon bozori o‘rnida uch qavatli ekobozor quriladi
19:47 / 11.12.2024
Mirziyoyev va Putin ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi
15:25 / 06.12.2024