O‘zbekiston | 14:56 / 24.09.2022
45803
7 daqiqa o‘qiladi

Kuniga 1 tonna paxta tergan ayol, qor ostidagi terimchilar – paxta dalasida o‘tgan 100 yildan katta fotojamlanma

20 asr boshlaridan o‘zbeklarni paxta terishga ommaviy safarbar qilish avj olgan. Erkaklar, ayollar, qariyalar, bolalar – hamma paxta dalasiga haydalgan. Kun.uz «Kinofotofono» hujjatlar arxivi bilan hamkorlikda o‘zbek xalqining paxta dalasidagi 1 asrlik hayotidan yangi suratlarni taqdim qiladi.

Paxtaning eng oxirgi terimi. Chollar ochilmagan ko‘sakni qo‘llari bilan yorib, ichidan paxta olishmoqda. Navoiy. 1927 yil / Foto: O‘zArxiv.

 

“Zarya” fermer xo‘jaligidagi erkaklar paxta termoqda. Yahudiylar kolxozi “Zarya”. 1929 / Foto: O‘zArxiv.
“O‘rtoq” kolxozidan paxtaga chiqqan o‘smir qiz. Farg‘ona viloyati.1930/ Foto: O‘zarxiv.
Qor yog‘gandan keyin dalaga chiqqan erkaklar, qor ostida qolgan chanoqlardan paxta olishmoqda. Turkiston. 1931 / Foto: O‘zArxiv.
Ayollar to‘dalashib, paxta mavsumining oxirida ochilmay qolgan ko‘saklarni ajratishyapti. Toshkent. 1931 / Foto: O‘zArxiv.
“Gorst” kolxozida terilgan paxtani qoplarga solayotgan terimchilar. Orjon. Xorazm. 1936 / Foto: O‘zArxiv.
Kuybishev tumanidan kuniga 200 kilogrammgacha paxta teruvchi Haydarova Shamsixon. Namangan. 1937 /Foto: O‘zArxiv.
Izboskan tumanidan F. Rahmatova Shakarxon Mo‘minova. F. Rahmatova 1 mavsumda 22 ming kilogramm, Shakarxon Mo‘minova 1 kunda mashinada 1 1 tonnagacha paxta tergan. Andijon. 1938 / Foto: O‘zArxiv.
G‘o‘zapoyalarni yig‘ayotgan ayol. 1938 /Foto: O‘zArxiv.
“Yusupov” kolxozi terzimchilari B. Yuldasheva, K Jo‘rayeva va O. Madumarov. Toshkent viloyati. 1941 / Foto: O‘zArxiv
Jizzax viloyatida paxta me’yorini 120 foizga bajargan Sag‘di Jabborova. Jizzax. 1944 /Foto: O‘zArxiv.
Turmush o‘rtog‘i frontga ketgan Rabaxon Qodirova. Uychi. Namangan. 1944 / Foto: O‘zArxiv.
“Stalin” kolxozi terimchisi Oyzoda Safarova. Buxoro. 1945
7 farzandning onasi Donoxon Egamova. Qo‘qon sovxozi O‘zbekiston ishlab chiqarish boshqarmasi paxta terish mashinasining ilg‘or haydovchisi. Farg‘ona. 1964 / Foto: O‘zArxiv
Respublikada mashhur mexanizator M.Nazarova, “Kommunizm” kolxozi paxta dalalariga ishlov bermoqda. Narpay. Samarqand. 1964 /Foto: O‘zArxiv.
Chapdan o‘ngga: X.Noraliyeva, M. Hamroqulova, N. Rustamova va X. Nosirova. Sirdaryo. 1965 / Foto: O‘zArxiv.
“1-May” kolxozi hosilni yig‘ib, paxta punktiga jo‘natyapti. Buxoro. 1965 / Foto: O‘zArxiv
M.Mahmudova Xiva tumani “Beruniy” kolxozi haydovchisi, mavsumda 120 tonna paxta terishni reja qilgan. Xorazm. 1972 /Foto: O‘zArxiv.
B.Razzoqov bir mavsumda 350 tonna paxta terishga qaror qilgan Xiva tumani “Beruniy” kolxozning eng yaxshi haydovchilaridan biri. Xorazm. 1972 /Foto: O‘zArxiv.
Mavsumda 300 tonnadan paxta terish majburiyatini olgan G‘aniobod sovxozi ilg‘or mexanizatorlari (chapdan o‘ngga) E.Akbarov, U.Jo‘rayeva, Q.Zohidov, S.Fattoyeva. Farg‘ona. 1980 /Foto: O‘zArxiv.
“Oxunboboyev” kolxozida mashinada paxta terish. Xorazm. 1980 /Foto: O‘zArxiv.
Sherobod tumani ilg‘or mexanizatorlaridan biri Anorxol Shaymanova. Surxondaryo. 1980 /Foto: O‘zArxiv.
Paxta dalasiga atlas ko‘ylakda chiqqan ilg‘or terimchi Soniya Meyliyeva. Namangan. 1981 /Foto: O‘zArxiv.
Abdulla Ubaydullayev — Xonqa tumanidagi Oxunboboyev qishlog‘ining eng yaxshi mexanizatori. Ko‘p paxta tergani uchun "Kommunistik mehnat zarbdori" bilan taqdirlangan. Xorazm. 1982 /Foto: O‘zArxiv.
Jalaquduq tumanidagi “Paxtakor” jamoa xo‘jaligi ilg‘or mexanizatori A.Nazarovni hamsablari mehnat g‘alabasi bilan tabriklab, unga paxtadan gulchambar osishmoqda. Andijon. 1982 /Foto: O‘zArxiv.
“Sverdlov” kolxozidan ishchisi Ramazon Rusatmov rafiqasi Zaynab Rustamov bilan paxta dalasida. Buxoro. 1982 /Foto: O‘zArxiv.
Andijon. 1982 /Foto: O‘zArxiv.

Moskva tumanida “Oktyabr” fermer xo‘jaligining ilg‘or terimchilari opa-singillar Ra’no (rulda) va Farog‘at Abdullayevlar mototsiklda paxta terimiga ketishmoqda.

Zarbdor tumanidagi “Lenin yo‘li” fermer xo‘jaligida terimchilar oxirgi terim paxani terib bo‘lishganini ko‘rsatishmoqda.

Komsomol yoshlar (chapdan o‘ngga) N.Permatova, A.Kurmashev S.Nurjigitova. Toshkent viloyati. 1982 /Foto: O‘zArxiv.
Zarbdor tumanidagi “Lenin yo‘li” fermer xo‘jaligida mexanizator-paxtakorlarga tushlik. Jizzax. 1982 /Foto: O‘zArxiv.
Angor tumani M.I.Kalinin nomidagi kolxoz yetakchi terimchisi, komsomol G.Shaydullayeva. Surxondaryo. 1983 /Foto: O‘zArxiv.
Urganch tumani M.I.Kalinin nomidagi kolxozning “Shon-sharaf belgisi”, 1-darajali “Mehnat Qizil Bayroq” va “Mehnat Shuhrati” ordenlari sohibi S.Qalandarova. Xorazm. 1983 /Foto: O‘zArxiv.
Zarbdor tumani Lenin yo‘li qishlog‘idan A. Abdurahmonov rahbarlik qilayotgan ilg‘or komsomol-yoshlar paxtakorlar brigadasi. Jizzax. 1983 /Foto: O‘zArxiv.
Norin tumanidagi “Oktyabr” kolxozi oqsoqollari tergan paxtalarini o‘lchatishmoqda. Namangan. 1984 /Foto: O‘zArxiv.
Sotsialistik musobaqa yetakchisi Eshchanova Adila Xiva tumani M.V.Frunze nomidagi kolxoz paxtakori paxta terimi davrida. Xorazm. 1984 /Foto: O‘zArxiv.
Chinnigul Jumanova – paxta terish mashinasi haydovchilari respublika tanlovi g‘olibi, tuman Kengashi deputati, agronom, “Faxriy nishon” ordeni sohibi, “Buxoro” kolxozidan. Toshkent viloyati. 1985 /Foto: O‘zArxiv.

“Namangan” sovxozi oshpazi Jo‘raboy Mamatjonov mexanizatorlar uchun palov suzib bermoqda. 

Namangan. 1985 /Foto: O‘zArxiv.

 

Oxunboboyev tumanidagi "Kalinin" kolxozidagi paxta terish musobaqasi yetakchilari, terimchilar D.Yusupova (chapda) va I.Hakimovalar paxta dalasida. Farg‘ona. 1985 /Foto: O‘zArxiv.

 

Qiziltepa tumanidagi “Tavois” mevachilik sovxozining ikki yelkasida etak ko‘targan ayollari. Navoiy. 1994 /Foto: O‘zArxiv.

Suratlar O‘zArxiv agentligi tarkibidagi «Kinofotofono» hujjatlar arxividan olindi.

Fotolardan foydalanilganda Kun.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

Zuhra Abduhalimova tayyorladi.

Mavzuga oid