Iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun qayerga murojaat qilishi lozimligi tushuntirildi
Bugungi kunda elektr energiyasini o‘lchash vositasi va tizimini plombalash va elektr ta’minoti shartnomasini tuzish uchun fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra murojaat qilishi mumkin.
“Davlat xizmatlari yangiliklari” kanalida yozilishicha: fuqarolar Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz), “Elektr” dasturiy ta’minoti (onlayn platforma) orqali murojaat qilishlari mumkin.
Qayd etilishicha, hukumat qarori bilan yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlangan.
Reglamentning 11-bandida iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun “Elektr” dasturiy ta’minoti (onlayn platforma) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda murojaat etganda yig‘im undirilmasligi belgilangan.
Mavzuga oid
09:19 / 19.12.2024
To‘rt viloyatda gaz va elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
08:14 / 18.12.2024
1,8 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning bilan shug‘ullanuvchi shaxs ushlandi
09:02 / 16.12.2024
Toshkent viloyatidagi bog‘chada 1 mlrd so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanildi
08:50 / 14.12.2024