Putin Kiyevni o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralarga qaytishga chaqirdi
Ammo annexia qilingan hududlar maqomini muhokama qilmaslik sharti bilan.
Vladimir Putin Ukrainaning bosib olingan hududlarining annexia qilinishi munosabati bilan so‘zlagan nutqida Kiyevni «zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish» va «muzokaralar stoliga qaytish»ga chaqirdi.
«Biz Kiyev rejimini zudlik bilan o‘t ochishni va u 2014 yilda boshlagan barcha harbiy harakatlarni to‘xtatishga hamda muzokaralar stoliga qaytishga chaqiramiz. Biz bunga tayyormiz. <…> Ammo Donetsk, Lugansk, Zaporojye, Xerson aholisining tanlovi muhokama qilinmaydi. Tanlov qilib bo‘lingan. Rossiya ularga xiyonat qilmaydi», degan u.
Putinning qayd etishicha, Rossiya muzokaralarda o‘z tarkibiga qo‘shib olinayotgan hududlar taqdirini muhokama qilmoqchi emas.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning ukrainlarning bosib olingan hududlarini annexia qilishga urinishlari muzokara jarayonini yakunlashni anglatishi haqida aytgandi. 28 sentabr kuni u urush faqat Rossiya egallab olgan barcha hududlar ozod etilgandagina tugashi mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
07:50
Anapa aholisi mazut to‘kilishi sababli Putinga murojaat bilan chiqdi
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
14:14 / 23.12.2024
Kremlda Putin va Slovakiya bosh vaziri o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
10:43 / 23.12.2024