Namanganda Cobalt traktor tirkamasiga borib urilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
Pop tumanida Cobalt paxta tashuvchi traktorga borib urilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi kasalxonaga yotqizildi. Traktor haydovchilari o‘rtasida tungi vaqtda yoritish chiroqlari va nur qaytargichlar soz holda harakatlanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
1 oktyabr kuni kechqurun «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 293-kilometrida Cobalt mashinasi traktorga urilishi oqibatida 2 kishi vafot etdi. Namangan YHXB matbuot xizmati xabar berishicha, Toshkent—vodiy yo‘nalishida ketayotgan Cobalt haydovchisi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, o‘zidan oldindagi traktorga borib urilgan.
Oqibatda Cobalt’da bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Haydovchi va ikki yo‘lovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, holat bo‘yicha Pop tumani IIB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ayni vaqtda Namangan viloyati miqyosida YHXB mas’ullari tomonidan traktor haydovchilari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, tungi vaqtda yoritish chiroqlari va nur qaytargichlar soz holda harakatlanish bo‘yicha qat’iy nazorat qilinmoqda.
Mavzuga oid
07:34
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
13:20 / 17.12.2024
Rossiyadagi YTHda 5 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
21:02 / 12.12.2024