O‘zbekiston | 11:32 / 04.10.2022
4260
1 daqiqa o‘qiladi

Internetda mualliflik huquqini himoya qilishga oid xalqaro bitim tasdiqlandi 

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

2021 yil 12 noyabrda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlari Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan MDH ishtirokchi-davlatlari axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarida mualliflik va turdosh huquq obektlariga bo‘lgan huquqlarni muhofaza va himoya qilish bo‘yicha hamkorligi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Adliya vazirligi va Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi.

Mavzuga oid