O‘zbekiston | 11:41 / 05.10.2022
9545
2 daqiqa o‘qiladi

Kutubxona resurslarini hisobga olish va saqlash tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining «Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish, fondlarni saqlash va hisobdan chiqarish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz

Hujjat bilan axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, u bilan quyidagilar belgilangan:

  • axborot-kutubxona resurslari hisobini yuritishga qo‘yiladigan talablar (hisobga olish axboroti to‘liqligi va ishonchliligi, axborot-kutubxona fondiga har bir kirim va chiqimni hujjatlashtirilgan ko‘rinishda rasmiylashtirish, qabul qilish va hisobga olish shakllari);
  • axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tizimi (axborot-kutubxona fondining barcha bo‘linmalarini hisobga olish, axborot-kutubxona fondi bo‘yicha davlat statistika hisobotini topshirish, ayrim axborot-kutubxona resurslari hisobga olinishi);
  • axborot-kutubxona resurslarini jamlanma va yakka tartibda hisobga olish, axborot-kutubxona fondini axborot-kutubxona muassasasi tomonidan tuziladigan komissiya tomonidan tekshirish tartibi.

Axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona fondlarini saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • doimiy, uzoq muddatli, vaqtinchalik saqlash talablari;
  • axborot-kutubxona muassasalari tomonidan noyob, alohida qimmatga ega va nodir nashrlar fondlarini asrash va saqlashga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilash;
  • axborot-kutubxona fondlarini tashkil etish va ular butligini ta’minlash, ulardan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini belgilash (axborot-kutubxona resurslarini rasmiylashtirish, hisobga olish kataloglari va kartotekalarga ajratish, fondlardan foydalanishda ulardan nusxalar olish, ularni shikastlanishdan saqlash).

Axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona muassasalari fondlari hisobidan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, bu axborot-kutubxona muassasasi direktori yoki tarkibiy bo‘linma rahbari buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.

Axborot-kutubxona resurslarini hisobdan chiqarish bo‘yicha komissiya faoliyatini tashkil etish tartibi va ushbu komissiya asosiy vazifalari nazarda tutilgan.

Axborot-kutubxona fondidan bir yilda kamida bir marta axborot-kutubxona resurslari hisobdan chiqariladi. Bunda axborot-kutubxona fondidan chiqarish taqiqlangan axborot-kutubxona resurslari ro‘yxati tuziladi.  

Mavzuga oid