O‘zbekiston | 17:07 / 13.10.2022
6743
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif Transafg‘on temiryo‘li loyihasini ko‘rib chiqdi

OHIChK sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Avval erishilgan kelishuvlarga muvofiq ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari savdo-iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun mavjud salohiyat va keng imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligini qayd etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Afg‘onistonda tinchlik jarayoniga va ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishga ko‘maklashish maqsadida “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul - Peshovar” temiryo‘lini qurish bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mavzuga oid