O‘zbekiston | 07:46 / 15.10.2022
5448
3 daqiqa o‘qiladi

Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha talablar kuchaytirilmoqda

Foto: Shutterstock

Vazirlar Mahkamasining «Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Ma’lumot uchun, shaxsga doir ma’lumotlar — muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot, biometrik ma’lumotlar – sub’yekt anatomik va fiziologik o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflovchi shaxsga doir ma’lumotlar, genetik ma’lumotlar – sub’yekt nasldan-naslga o‘tgan yoki orttirilgan xususiyatlariga taalluqli bo‘lgan, sub’yekt biologik qiyofasini tahlil qilish yoki muqobil axborot olish imkonini beradigan boshqa elementni tahlil qilish natijasi bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar, shaxsga doir maxsus ma’lumotlar – irqiy yoki ijtimoiy kelib chiqishga oid ma’lumotlar, siyosiy, diniy yoki dunyoqarashga oid e’tiqodlar, siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalariga a’zolik to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek jismoniy yoki ruhiy (psixik) salomatlikka taalluqli ma’lumotlar, shaxsiy hayot va sudlanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Hujjat bilan shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ular himoya qilinganlik darajasini belgilash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanmoqda. Unga ko‘ra:

mulkdor va (yoki) operatorlar shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ularning xavfsizligiga bo‘lgan tahdidlardan kelib chiqib, ushbu ma’lumotlarni himoya qilish tashkiliy va texnik chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

shaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligiga tahdidlar deganda, ma’lumotlar bazasiga ruxsatsiz, shu jumladan tasodifiy kirish natijasida shaxsga doir ma’lumotlarni o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish, yo‘q qilish, nusxalash, boshqa noqonuniy harakatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlar va omillar yig‘indisi tushuniladi.

Shaxsga doir ma’lumotlar bazasi tizimli va (yoki) amaliy dasturiy ta’minotida deklaratsiya qilinmaganidan kelib chiqib tahdidlar uch turga bo‘linadi. Ma’lumotlar bazalarida shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ushbu ma’lumotlarni himoya qilish 4 ta darajasi belgilangan bo‘lib, ularni o‘rnatish uchun quyidagi shartlardan kamida bittasi mavjud bo‘lishi lozim:

Biometrik va genetik ma’lumotlar mavjud bo‘lgan moddiy jismlarga hamda bunday ma’lumotlarni shaxsga doir ma’lumotlar bazalaridan tashqarida saqlash texnologiyalariga oid talablar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanmoqda. 

Hujjat 07.01.2023 yilda kuchga kiradi.

Mavzuga oid