O‘zbekiston | 16:59 / 18.10.2022
14962
2 daqiqa o‘qiladi

To‘rtko‘l cho‘llarida tuya boqayotgan cho‘pon

Sa’dullo Qurbonov yoshligidan Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanidagi cho‘llarda chorva boqib katta bo‘lgan. Hozirda ham qum barhanlari orasida mototsikl bilan tuyalar boqyapti.

Cho‘ponning aytishicha, odamlar har kuni erta tongda uning oldiga tuya suti so‘rab keladi. Hozir tuyalarning aksari bo‘g‘oz bo‘lgani uchun ikkitasi sog‘ilmoqda xolos. Bu esa davo uchun sut umidida kelganlarga yetmay qolishi mumkin. Qahramonimiz keladigan odamlarga kam kamdan bo‘lsa ham yetkazishga, tuya sutiga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga harakat qilayotganini aytdi.

Foto: KUN.UZ

“Bahorda 11 ta tuyam bolalaydi, sog‘ish ham shunga yarasha ko‘payadi”, deydi u.

Tuyalar ba’zan cho‘l ichiga qarab qochib ketadi. Yaqinda bir haftalik yo‘ldan qidirib topib, qaytarib kelishga majbur bo‘lgan. Tuyaboqar cho‘ponning so‘zlariga ko‘ra, bu atrofdagi cho‘llarda adashib qolish hech gap emas. Faqat mahalliy cho‘ponlargina 150-200 kilometrlik cho‘l ichidagi masofadan yo‘l topib chiqib ketishni biladi.

Foto: KUN.UZ

Sa’dullo Qurbonov shu ishidan baraka topib, ro‘zg‘or tebratayotganini ta’kidlaydi.

Tohirjon Tursunov tayyorladi.

Mavzuga oid