O‘zbekiston | 10:10 / 01.11.2024
1467
1 daqiqa o‘qiladi

Ikki hududda elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l hamda Toshkent shahrining Olmazor tumanlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. 

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, To‘rtko‘l tumanida “Z.T.” xususiy korxonasi va “Ch.Z.” oilaviy korxonasi mas’ul shaxslari fuqaro A.A.ga tegishli Nukus ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasi binosida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulangan

Natijada jami 1,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Olmazor tumanida fuqaro J.M. “Xonchorbog‘” MFY hududidagi xonadonida ishlab chiqarish sexi tashkil etib, tijorat maqsadida 4 dona elektr pechlarini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulagan. 

Oqibatda 567,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid