O‘zbekiston | 16:56 / 20.10.2022
4616
2 daqiqa o‘qiladi

Flynas aviakompaniyasi Jidda va Toshkent o‘rtasidagi reyslar sonini oshirmoqda 

Flynas aviakompaniyasi 15 noyabrdan boshlab Jidda va Toshkent o‘rtasidagi reyslar sonini oshirmoqda. Endilikda har kuni 1 ta reys amalga oshiriladi.

Foto: O‘zaviatsiya

Saudiya Arabistonining aviatashuvchi va Yaqin Sharqdagi yetakchi loukoster aviakompaniyasi Nas Airlines 2022 yil 15 noyabrdan boshlab Jidda va O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri o‘rtasidagi reyslar soni oshirilishi haqida e’lon qildi. Har kuni 1 ta reys amalga oshiriladi.

Toshkentga reyslar sonining oshishi keskin talab bilan bog‘liq bo‘lib, ziyoratchilarni Makka va Madinadagi Ikki Muqaddas masjidlarga tashishni osonlashtiradi, tijorat, investitsiya va turizm maqsadlarida kelgan ikki davlat fuqarolarini tashishni yengillashtiradi.

O‘tgan yilning avgust oyida Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan Saudiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi tadbirlari doirasida Flynas kompaniyasi O‘zbekiston Transport vazirligi bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzolaganidan so‘ng Jidda va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu anglashuv memorandumi Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni amalga oshirish orqali investorlar, sayohatchilarni, hojilarni tashish uchun aviatsiya sohasida aloqalarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan.

Ushbu yangi qadam Flynas kompaniyasining joriy yil boshida «Biz dunyoni podshohlik bilan bog‘laymiz» shiori ostida boshlangan kengayish strategiyasi va kompaniyaning barcha operatsiyalari bo‘yicha rekord natijalarga erishgani natijasidir.

Flynas kompaniyasining strategik rejasi fuqaro aviatsiyasi ko‘rsatkichini 2030 yilga borib 330 million yo‘lovchiga va podshohlik bilan bog‘liq xalqaro yo‘nalishlar sonini 250 dan ortiq yo‘nalishga yetkazish maqsadlariga mos keladi.

Mavzuga oid