O‘zbekiston | 21:34 / 20.10.2022
14670
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga yetib bordi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

Ashxobod xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Botir Atdayev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng O‘zbekiston prezidenti o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 21 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid