Mirziyoyev va Berdimuhamedov Markaziy Osiyoda hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi
Turkmanistonga rasmiy tashrif bilan borgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev prezident Serdar Berdimuhamedov bilan tor doirada muzokara o‘tkazdi.
Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, davlat rahbarlari qardosh xalqlar o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilgan.
«Siyosiy, savdo-iqtisodiy, energetika, transport-logistika, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muzokaralarning asosiy mavzusi bo‘ldi.
Keyingi yillarda amaliy hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida katta natijalar bo‘lgani ta’kidlandi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlar «yo‘l xaritasi» asosida muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda», - deyiladi xabarda.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Turkmanistonning ko‘p qirrali strategik sherikligi rivojiga ishonch bildirildi.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan batafsil fikr almashilib, Markaziy Osiyoda hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
18:11 / 12.12.2024
Mato ishlab chiqarish va bo‘yash korxonalari qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlanadi
16:26 / 12.12.2024
Abdulaziz Komilov Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» unvoni bilan taqdirlandi
19:53 / 11.12.2024
Toshkentda Yunusobod dehqon bozori o‘rnida uch qavatli ekobozor quriladi
19:47 / 11.12.2024