16 yoshli maktab o‘quvchisi Telegram’da soxta avtokredit guruhi ochib, fuqaroning pulini o‘zlashtirdi
2006 yilda tug‘ilgan bola fuqaroga 3 yil muddatga 90 mln so‘mga 16 foizdan "Nexia 3" mashinasini olib berishini va’da qilib, uni chuv tushirgan.
IIV Kiberxavfsizlik markazining xabar berishicha, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi fuqaro Z.J. IIB organlariga ariza bilan murojaat qilib, Telegram messenjeri orqali pullarini o‘zlashtirgan shaxsga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
U arizasida, Telegram’dagi “Avtokredit bosh to‘lovsiz” guruhiga a’zo bo‘lgani, o‘zini guruh admini deb tanishtirgan shaxs uning ishonchiga kirib, 3 yil muddatga 90 mln so‘mga 16 foizdan "Nexia 3" mashinasini olib berishini va’da qilganini, shundan so‘ng kelishuv asosida boshlang‘ich 2 mln 180 ming so‘m pulni qo‘lga kiritgach, telegram messenjeridagi yozishmalarini o‘chirib tashlaganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik yo‘li bilan pullarni o‘zlashtirgan shaxs Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan 10-sinf maktab o‘quvchisi M.D. ekani aniqlangan.
Qayd etilishicha, M.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Qashqadaryoda talaba “foizsiz onlayn kredit” niqobi ostida fuqarolarning plastik kartasidagi pullarni yechib olgandi.
Mavzuga oid
08:58 / 12.12.2024
Kun.uz surishtiruvidan so‘ng: “Halal Auto Leasing” firibgarlik sxemasiga nisbatan tergov boshlandi
21:36 / 03.11.2024
Namanganda maktab o‘quvchisi ijaraga mashina olib minib YTH sodir etdi
22:25 / 20.10.2024
Firibgarlar Telegram orqali fotosurat ko‘rinishida virus yubormoqda
15:12 / 20.10.2024