Navoiyda sobiq “zamhokim”, Buxoroda shifoxona xodimlari firibgarlik uchun qo‘lga olindi
Navoiy, Buxoro va Jizzax viloyatlarida ishga kiritib qo‘yish va ishga jo‘natish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti uchta viloyatda ishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlanganligi yuzasidan xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.Sh. fuqaro Sh.ni Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 20 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan. Z.Sh.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, joriy yilning iyul oyiga qadar Navoiy shahar hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan T.A. fuqaro Sh.ga o‘zini go‘yoki hokim o‘rinbosari deb tanishtirib, o‘zida saqlab qolgan xizmat guvohnomasini ko‘rsatib, uni Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 19,6 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa viloyat narkologiya dispanseri xodimi Sh.R. va viloyat perinatal markazi xodimi M.I. fuqaro M.ni RShTTYoIM Buxoro filialiga hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan. Shuningdek, departamentning Jizzax shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.Q. fuqaro A.ni tanishlari orqali 1 350 AQSh dollari evaziga Latviya davlatiga ishga yuborish hamda fuqaro Yu.ni chet elga yuborishda elektron navbatni tezlashtirib berishini aytib, oldindan 450 AQSh dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
08:58 / 12.12.2024
Kun.uz surishtiruvidan so‘ng: “Halal Auto Leasing” firibgarlik sxemasiga nisbatan tergov boshlandi
22:25 / 20.10.2024
Firibgarlar Telegram orqali fotosurat ko‘rinishida virus yubormoqda
15:12 / 20.10.2024
O‘zini bank xodimi deb tanishtirib, fuqaroning pullarini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
08:10 / 17.10.2024