O‘zbekiston | 12:38 / 28.10.2022
5492
2 daqiqa o‘qiladi

Agrobank - turizm sohasini ham moliyaviy qo‘llab-quvvatlamoqda  

Foto: Agrobank

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2022 yil 19 sentabr kuni o‘tkazilgan “Mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishida turizm sohasini rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish hamda “Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4752-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida “Agrobank” ATB tijoriy loyihalarni moliyalashtirib kelmoqda.

Mazkur yo‘nalishda Agrobank tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 83 mlrd. so‘m kredit mablag‘i yo‘naltirilgan.

Ushbu yo‘nalishda tijorat banklari tomonidan kreditlar xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlariga, ya’ni, turizm, maishiy, ta’lim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalarni tashkil etish (moliya va savdo sohalaridagi tadbirkorlik sub’yektlari bundan mustasno) va jihozlash uchun beriladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon — 1216

Telegram|Instagram|Facebook|You tube|

 

Mavzuga oid