Samarqandda Lacetti 4 nafar piyodani urib yubordi, uch kishi halok bo‘ldi
Samarqand viloyatining Urgut tumanida Lacetti haydovchisi 4 nafar piyodani urib yubordi, Kun.uz manbasining xabar berishicha hodisada uch kishi halok bo‘lgan, bir kishi shifoxonaga yotqizilgan.
2022 yil 25 oktabr kuni soat taxminan 22:30 larda Urgut tumani G‘o‘s mahallasi hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
Viloyat IIB xabariga ko‘ra, haydovchi A.O. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinani G‘o‘s mahallasi yo‘nalishi bo‘yicha tezlikni me’yoridan ortiq boshqarib borib, ushbu yo‘lning qatnov qismidan piyoda harakatlanib ketayotgan 4 nafar fuqaroni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.
Oqibatda, 3 nafar piyodalar og‘ir tan jarohati olib, Urgut tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan, 1 kishi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
13:20 / 17.12.2024
Rossiyadagi YTHda 5 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
21:02 / 12.12.2024
Yangiyo‘lda 5 bolani bosib ketib, ikki nafarining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi axloq tuzatish jazosini oldi
07:20 / 12.12.2024