O‘zbekiston | 10:23 / 04.11.2022
30437
8 daqiqa o‘qiladi

“Kamaz”dagi saylovchilar, 40-yillardagi tug‘ruqxona va Tamaraxonim - o‘tgan asrdan fotojamlanma

1920-50-yillardagi O‘zbekistonni fotojurnalist Maks Pensonning suratlarisiz tasavvur qilish qiyin. Kun.uz uning 30 mingdan ortiq suratlari orasidan o‘zbeklar hayoti muhrlangan qismlarini jamladi.

Maks Penson o‘zbek va sovet davri fotografiyasining ko‘zga ko‘ringan vakili bo‘lib, uni rus avangardining mashhur vakili Sergey Eyzenshteyn e’tirof etgan. Asarlari butun dunyo bo‘ylab ko‘rgazmalarda namoyish etib kelingan.

Eski Toshkentda 5 kishi o‘q otishni mashq qilyapti. 1930 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Saylovda qatnashayotgan yosh qizlar. 1937 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Kabrioletga o‘tirgan ayollar. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Farhod GESni qaziyotgan odamlar. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Farhod GESni qaziyotgan odamlar. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Farhod GESni qazishga butun respublikadan hasharchilar kelgan. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Toshkentdagi tug‘uruqxonalarda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Kirov portreti fonida sinf partalarida o‘tirgan bolalar. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Rus tili o‘qituvchisi dars o‘tyapti. 1929 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Toshkent soati atrofida otilgan salyut. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Mato quritish jarayoni. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images

Maks Penson – 1893 yilda Rossiyaning Smolensk viloyatidagi kitob muqovalovchi yahudiy oilasida tug‘ilgan fotojurnalist. Penson va oilasi 1914 yilda yahudiylarga bosim boshlanganda Qo‘qonga majburan jo‘natilgan.

U 1917 yilgi inqilobdan keyin Qo‘qon inqilobiy qo‘mitasi qoshida san’at maktabini tashkil qiladi. O‘zi shu maktabga direktor bo‘lib, 350 nafar o‘zbek bolalariga chizmachilikdan dars beradi. 1921 yilda fotoapparat olgach, hayoti keskin o‘zgarib ketadi. 1920–1940 yillarda O‘zbekiston va sovet ittifoqida mashhur fotografga aylanadi.

Suratlarida asosan O‘zbekiston aholisi va iqtisodiy hayotini aks ettiradi. Shunday qilib, 1940 yilda galereyasida 30 mingdan ortiq fotosurat bor edi.

Naqd pul berayotgan kassir. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Oliy Kengashning majlislar zali, Toshkent. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Lenin byusti yonida shaxmat o‘ynayotgan bolalar. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Oliy Kengashga saylovga yuk mashinasida ketayotgan saylovchilar, 1946 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Kechki ovqatdagi o‘zbek oilasi. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Paranji kiygan ayol yonida to‘plangan o‘smir qizlar. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Qishloqdagi pionerlar guruhi dala bo‘ylab qo‘shiq kuylab ketmoqda. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
O‘tov kiraverishida profilaktika uchun ko‘z dorisini tomizayotgan shifokor. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Hosilni qoplarda tashiyotgan dehqonlar. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Mis idish sotuvchisi. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images

Keyinchalik Penson Toshkentga ko‘chib o‘tib, 1926-1949 yillarda O‘rta Osiyodagi eng yirik gazeta – “Pravda Vostoka” (Sharq haqiqati)da ish boshlaydi. 1930 yillarda O‘zbekistonda davlat qurilishi va paxta yetishtirishni sanoatlashtirish jarayonlarida olgan suratlari TASS sovet axborot agentligida chop etiladi.

1933 yilda uning fotosuratlari sovet ittifoqidagi iqtisodiy taraqqiyotni aks ettirgan “SSSR: qurilmoqda” nomli to‘plamdan joy egallagan.

Ot-aravada yuk tashiyotgan bola. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Ayol kolxozchilar 5 yillik rejani muddatidan oldin bajarish targ‘ib qilingan bayroqni ko‘tarib olgan. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Toshkentning eski shahridagi ko‘cha sartaroshi. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Sirdaryo qirg‘og‘idagi baliqchilar. 1920-30 yillar / Foto: Maks Penson / Getty Images
Milliy atlasdagi ikki o‘zbek qizi. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images

Stalin davrida yahudiylarga qarshi harakatlar boshlangan 1948 yilda Penson 25 yil ishlagan “Sharq haqiqati” gazetasini tashlab ketishga majbur bo‘ladi.

Fotografning 3 nafar farzandi bor. O‘g‘li Miron Penson sovet davrida mashhur kinematograf bo‘lgan. Nabirasi Maksim Penson – tijoriy suratkash, noshir, dizayner va tarjimon.

Qarindoshlari ham san’at kishilari bo‘lgan. Ron Arad ismli qarindoshi isroillik dizayner, san’atkor, arxitektor bo‘ladi. Atar Arad – isroillik skripkachi, Boris Penson esa “To‘y operatsiyasi” hujjatli filmida ishtirok etgan.

Penson 1959 yil Toshkentda vafot etadi.

O‘rta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot instituti olimlari kanallarning modellari bilan tanishmoqda. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Tog‘li hududlarda yerni otda kultivatsiya qilish jarayoni. 1920 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Arg‘imchoqda uchayotgan ikki qiz. 1950yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Ipak qurtini ajratayotgan ayollar. Farg‘ona. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Ayol dalada katta patnisda sabzavotlarni tutib suratga tushmoqda. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images

1966 yildagi Toshkent zilzilasi Pensonning suratlariga ham shikast yetkazgan. Asarlarining ma’lum bir qismi zilzilada yo‘qolib ketgan. O‘sha paytda oilasi suratlarining zilziladan omon qolgan qismini qayta ishlab, olib qolgan.

Suyak sili sanatoriysida. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Uzum uzayotgan ishchilar. 1940-50 yillar/ Foto: Maks Penson / Getty Images
Yangi mototsiklni sinab ko‘rayotgan yigit. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Toshkentdagi park minorasiga parashyutni tomosha qilishga kelgan qizlar. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Stalinning kitoblarini ko‘tarib ketayotgan qiz. 1930-1940 yillar oralig‘i / Foto: Maks Penson / Getty Images
Atlas shim kiygan ikki akrobat. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Mashhur raqqosa Mukarram Turg‘unboyeva. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Taniqli raqqosa Tamaraxonim, sozandalar bilan. 1930 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Pionerlar va maktab o‘quvchilarining 1 may paradi. 1930 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Kanal bo‘yida dam olayotgan ishchilar. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Toshkent rasadxonasida teleskopga qarayotgan astronom. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Buxoroda suv tashiyotgan chol. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Bedana qafasi. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
GES quvurlarini payvandlayotgan payvandchilar. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
“Qizil O‘zbekiston” gazetasidan Maksim Gorkiy o‘lgani haqidagi xabarni o‘qiyotgan odamlar. 1936 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Hoja Ahror Vali maqbarasi. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images

Zuhra Abduhalimova tayyorladi.

Mavzuga oid