O‘zbekiston | 15:37 / 10.11.2022
8946
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban o‘zaro hamkorlik loyihalarini muhokama qildi

10 noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan muzokara o‘tkazdi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq amaliy hamkorlikni kengaytirish va ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Faol ishbilarmonlik aloqalari, shu kunlarda ikki mamlakat yetakchi kompaniya va korxonalari ishtirokida o‘tkazilayotgan qo‘shma biznes forum samarali natijalar berayotgani qayd etildi.

Sanoat, kimyo tarmog‘i, farmatsevtika, bank-moliya, transport va logistika sohalarida, boshqa yo‘nalishlarda qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi. Biznes tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mexanizmlar yaratish ishlarini tezlashtirishga kelishib olindi.

Gumanitar almashinuv dasturlarini ta’lim, madaniyat va kinematografiya sohalarida faol davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Mavzuga oid