Jizzaxda fuqaroga haydovchilik guvohnomasi olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
U o‘z «xizmati»ni 400 AQSh dollariga baholagan. Bu haqda Jizzax viloyati IIb axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Baxmal tumani “Olomon” MFYda yashovchi, avtomobillarga xizmat ko‘rsatish korxonasi ish boshqaruvchisi vazifasida ishlab kelgan U.A. IIBga haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytib salmoqli miqdordagi pulini o‘zlashtirgan shaxsga chora ko‘rishni so‘ragan.
Uning murojaati bo‘yicha o‘tkazilgan surishtiruvlarda Sharof Rashidov tumani “Sharilloq” MFYda istiqomat qiluvchi, Jizzax shahridagi sport texnik klubi o‘qituvchisi A.S. jabrlanuvchi U.A.ni haydovchilik guvohnomasi olib berishga ishontirib, «xizmat haqi» evaziga undan 400 dollar olib, ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, Qashqadaryo va Navoiyda haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangandi.
Mavzuga oid
08:58 / 12.12.2024
Kun.uz surishtiruvidan so‘ng: “Halal Auto Leasing” firibgarlik sxemasiga nisbatan tergov boshlandi
22:25 / 20.10.2024
Firibgarlar Telegram orqali fotosurat ko‘rinishida virus yubormoqda
15:12 / 20.10.2024
O‘zini bank xodimi deb tanishtirib, fuqaroning pullarini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
08:10 / 17.10.2024