Shavkat Mirziyoyev: “Investorlar huquqini himoya qilish qo‘mitasini tashkil qilishni taklif etaman”
“Ko‘ksaroy” qarorgohida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda va unda davlat rahbari nutq so‘zlayapti.
“Bugungi kunda jahonda jiddiy global o‘zgarishlar yuz bermoqda. Dunyo hamjamiyati pandemiyadan xalos bo‘lishga ulgurmay, yangi qiyinchilik va sinovlarga duch kelmoqda. Turli ziddiyat va qarama-qarshiliklar tobora kuchayib bormoqda.
Chindan ham, bunday og‘ir va murakkab sharoitda o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan yaqin hamkorlikning ahamiyati har tomonlama ortib bormoqda. Aynan shu sababli Xorijiy investorlar kengashining bugungi yig‘ilishi alohida muhim ahamiyatga ega, desak, o‘ylaymanki, to‘g‘ri bo‘ladi.
Sizlarga yaxshi ma’lumki, biz so‘nggi yillarda O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirib kelmoqdamiz. Milliy iqtisodiyotning ochiqligini ta’minlash va uning jahon iqtisodiyotiga integratsiyasi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishni islohotlarning asosiy yo‘nalishi etib belgiladik.
Shu maqsadda valuta bozorini erkinlashtirdik, xususiy investorlarga energetika, geologiya-qidiruv, kimyo va neft kimyosi, tibbiyot va ta’lim kabi sohalarda faoliyat yuritish imkoniyatlarini kengaytirdik.
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash davlat siyosatining ustuvor vazifasiga aylandi. Bu boradagi ishlarni tizimli muvofiqlashtirib borish uchun alohida agentlik tashkil etildi.
Zamonaviy iqtisodiyot drayveri bo‘lgan xususiy biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha inqilobiy qarorlar qabul qildik. Bu sohada ikki yuzdan ortiq litsenziya va ruxsatnomalarni bekor qildik.
Soliqlarning umumiy soni 13 tadan 9 taga qisqardi, ayrim soliq stavkalari 2 barobarga tushirildi. Kelgusi yildan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 15 foizdan 12 foizga kamaytiriladi.
Biz milliy iqtisodiyotimiz rivoji uchun xorijiy investitsiyalar qanchalik zarur ekanini juda yaxshi tushunamiz. Shu bois investorlarning huquqiy maqomini aniq belgilash va ularning manfaatlarini himoya qilish uchun investitsiyalar to‘g‘risida alohida qonun qabul qildik.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida biznesombudsman instituti joriy etildi. Ana shunday chora-tadbirlar global miqyosdagi beqarorlik va inqirozlar sharoitida ham milliy iqtisodiyotimiz o‘sishini ta’minlashga yordam berdi.
Xususan, pandemiya avj olgan davrda, tashqi bozorlardagi og‘ir vaziyatga qaramasdan, iqtisodiy o‘sishning ijobiy dinamikasini saqlab qoldik.
O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 7 foizdan oshdi. Joriy yilda ham iqtisodiyotimiz o‘sishda davom etayapti (5 foizdan ortiq).
Fursatdan foydalanib, islohotlarimizni qo‘llab-quvvatlab, biz bilan hamkorlik qilib kelayotgan barcha biznes vakillariga chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Qulay investitsiya muhitini yaratish bo‘yicha amalga oshirgan islohotlarimiz natijasida, so‘nggi 5 yilda iqtisodiyotimizga kirib kelgan xorijiy investitsiyalar hajmi 10 baravar oshib, qariyb 40 milliard dollarni tashkil etdi.
Biz 10 yil ichida yalpi ichki mahsulot hajmini hozirgidan ikki barobarga oshirishni maqsad qilganmiz. Bunga erishish uchun, bizda xohish-iroda ham, imkoniyat ham yetarli.
O‘z oldimizga qo‘ygan bunday yuksak marralar uchun sarmoyalar hajmini kelgusi 5 yilda 120 milliard dollarga yetkazish, jumladan, kamida 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalar jalb qilishni hisob-kitob qilganmiz.
Ushbu investitsiyalarni, eng avvalo, sanoat sohalarini modernizatsiya va transformatsiya qilish, ishlab chiqarish, kommunal va transport infratuzilmasini jadal rivojlantirishga yo‘naltirish uchun aniq loyihalar va dasturlarimiz bor.
Shuningdek, ta’lim va sog‘liqni saqlash kabi davlat qaramog‘idagi an’anaviy sohalarga ham xususiy investitsiyalar jalb qilish kun tartibimizda turadi. Biz xorijiy investorlarni o‘zaro manfaatli yangi loyihalarni ishlab chiqish va birgalikda amalga oshirishga chaqiramiz.
Sizlarni ishontirib aytamanki, Yangi O‘zbekistonda investorlar o‘zini erkin his qilishi, ertangi kunga katta ishonch bilan barqaror ishlashi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib beramiz. Aynan shuning uchun, bizga yaqin do‘st, xayrixoh bo‘lgan eng ishonchli investorlar ishtirokida yangi Kengashni tashkil etmoqdamiz.
Sizlar bilan uzoq muddatli, o‘zaro manfaatli investitsion hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishimizga aminman. Sizlarni ishontirib aytmoqchimanki, biz yurtimizda ochiq, jadal rivojlanayotgan zamonaviy davlat qurish maqsadida boshlangan islohotlar yo‘lidan ortga qaytmaymiz.
Ishonchim komilki, sizlarning har biringizda aniq va konstruktiv takliflar bor. Sizlarning ko‘magingiz bilan biz Kengash doirasida rivojlantirmoqchi bo‘lgan bir qator sohalarga qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchiman.
Birinchidan, biz qonun ustuvorligini Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining bosh tamoyillaridan biri etib belgiladik.
Keyingi yillarda yurtimizda xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash va mulkdorlar huquqlarini himoya qilish borasida misli ko‘rilmagan choralar hayotga joriy etildi.
Bundan buyon fuqaro va tadbirkorlarga mulk huquqini so‘zsiz ta’minlash va himoya qilish shaffof va adolatli sud-huquq tizimi tomonidan kafolatlanadi.
Biz kuni kecha sud sohasiga bag‘ishlangan majlisda bu borada islohotlarning navbatdagi bosqichidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab oldik.
O‘zbekistonda ilg‘or xorijiy amaliyot va tajribani joriy etish maqsadida Xorijiy investorlar kengashi huzurida doimiy faoliyat yuritadigan
Investorlar huquqini himoya qilish qo‘mitasini tashkil qilishni taklif etaman.
Ikkinchidan, biz bank-moliya sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish niyatidamiz. Gap mazkur sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish, xorijiy banklarni O‘zbekistonga faol jalb etish, samarali fond bozorini shakllantirish haqida bormoqda.
Bu zalda bank sohasiga investitsiya kiritgan xorijiy hamkorlarimizni ko‘rish bizga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. Biz xorijiy sarmoyadorlarning bank-moliya sohasini yanada takomillashtirishga qaratilgan taklif va tashabbuslari uchun ochiqmiz.
Uchinchidan, iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish va xususiy-lashtirishni yanada chuqurlashtirish asosiy maqsadlarimizdan biri bo‘lib qoladi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda 1 ming 200 ta davlat korxonalari xususiylashtirildi. Kelgusi yilning o‘zida yana mingga yaqin korxona va ko‘chmas mulk obektlarini xususiy-lashtirishni rejalashtirganmiz. Shu bilan birga, davlat-xususiy sheriklik mexanizmini iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga faol tatbiq etmoqdamiz.
Qisqa muddatda mazkur yo‘nalishda sezilarli natijalarga erishdik.
Birgina energetika sohasida O‘zbekiston ushbu mexanizmlardan foydalangan holda, 8 milliard dollardan ortiq mablag‘ni jalb etdi.
Bu loyihalarga sarmoya tikib borayotgan hamkorlarimizni ham bugun tadbirda ko‘rib turganimdan mamnunman. Kengash a’zolarini xususiy-lashtirish va davlat-xususiy sheriklik dasturlarida faol ishtirok etishga taklif qilamiz.
Uchinchidan, iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish va xususiy-lashtirishni yanada chuqurlashtirish asosiy maqsadlarimizdan biri bo‘lib qoladi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda 1 ming 200 ta davlat korxonalari xususiylashtirildi. Kelgusi yilning o‘zida yana mingga yaqin korxona va ko‘chmas mulk obektlarini xususiy-lashtirishni rejalashtirganmiz.
Shu bilan birga, davlat-xususiy sheriklik mexanizmini iqtisodiyot-ning barcha tarmoqlariga faol tatbiq etmoqdamiz. Qisqa muddatda mazkur yo‘nalishda sezilarli natijalarga erishdik.
Birgina energetika sohasida O‘zbekiston ushbu mexanizmlardan foydalangan holda, 8 milliard dollardan ortiq mablag‘ni jalb etdi. Bu loyihalarga sarmoya tikib borayotgan hamkorlarimizni ham bugun tadbirda ko‘rib turganimdan mamnunman.
Kengash a’zolarini xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik dasturlarida faol ishtirok etishga taklif qilamiz” – dedi prezident o‘z nutqida.
Mavzuga oid
18:11 / 12.12.2024
Mato ishlab chiqarish va bo‘yash korxonalari qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlanadi
19:53 / 11.12.2024
Toshkentda Yunusobod dehqon bozori o‘rnida uch qavatli ekobozor quriladi
19:47 / 11.12.2024
Mirziyoyev va Putin ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi
15:25 / 06.12.2024