O‘zbekiston | 09:32 / 16.11.2022
4724
2 daqiqa o‘qiladi

Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Parij tinchlik forumida ishtirok etdi

Foto: Kun.uz

Senat raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiya poytaxtidagi Bronyar saroyida o‘tkazilgan «Ko‘p qirrali inqirozni bartaraf etish» mavzusiga bag‘ishlangan 5-Parij tinchlik forumida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Tadbir xalqaro munosabatlardagi zamonaviy tamoyillarga bag‘ishlandi. Ishtirokchilar o‘z chiqishlarida iqlim o‘zgarishi, COVID-19 pandemiyasi salbiy oqibatlari, tengsizlik kuchayishi, global oqibatlarga olib keladigan yangi va uzoq davom etgan davlatlararo mojarolar kabi sohalarga e’tibor qaratdilar.

Parij tinchlik forumi 2018 yili prezident Emmanuel Makron tashabbusi bilan joriy muammolarga aniq yechimlar va javoblarni aniqlash maqsadida global boshqaruv muammolari bilan shug‘ullanuvchilar o‘rtasida yuqori darajadagi fikr almashish platformasi sifatida tashkil etilgan.

Senat raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Fransiya poytaxtiga tashrifi doirasida Senat, Milliy assambleya, Tashqi ishlar vazirligi, Luvr muzeyi, Arab dunyosi instituti, YeSSEC biznes maktabi va Parij Panteon Assas universitetida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Mavzuga oid