O‘zbekiston | 15:45 / 16.11.2022
19353
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi turkum, “yalang‘och” she’riyat va tanqidlar – o‘zbek she’riyatida yangi avlod paydo bo‘ldimi?

O‘tgan oy – sentabrda “Akademnashr” nashriyoti o‘zbek she’riyatining yosh ijodkorlari she’riy to‘plamlaridan iborat “Izlam” nomli turkumni e’lon qildi.

To‘plamlar chop qilinib o‘quvchilarga yetib borarkan, kimdir o‘zbek adabiyotida va nihoyat, o‘z ovoziga ega yangi bir avlod paydo bo‘layotgani, yana kimdir kitobi chop etilgan yoshlar ijodida “yalang‘och” va “beparda” she’rlar ko‘p uchrashini aytib, ularga nisbatan tanqid toshlarini yog‘dirmoqda.

Kun.uz muxbiri e’lon qilingan turkum, o‘zbek she’riyatida “yangi avlod” deya alqanayotgan ijodkorlar va o‘sha “yalang‘och” she’riyat haqidagi bahslardan kelib chiqib suhbat o‘tkazdi.

Suhbat mehmonlari shoir Faxriyor, Jontemir, shoira Tillaniso hamda “Akademnashr” nashriyoti bosh muharriri Sanjar Nazar bo‘ldi.

Mavzuga oid