O‘zbekiston | 13:10 / 19.11.2022
21198
1 daqiqa o‘qiladi

Shuhrat Polvonov Oliy sud raisi o‘rinbosari etib saylandi

19 noyabr kuni Oliy majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Foto: Senat axborot xizmati

Shuhrat Tog‘aymurodovich Polvonov sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga besh yil muddatga saylandi.

Bunga qadar Shuhrat Polvonov – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Shuningdek, Senat qaroriga muvofiq Gulnora Anvarovna Mirzayeva, Abdukamol Abdumalikovich Abdukarimov va Askar Tanirbergenovich Bekmanov Oliy sudning sudyasi lavozimiga o‘n yillik muddatga saylandi.

Foto: Senat axborot xizmati

M.Nazarov, J.G‘aybullayev, B.Naimov, A.To‘xtashevlar Oliy sudning sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Mavzuga oid