Jahon | 18:12 / 21.11.2022
8299
1 daqiqa o‘qiladi

SI tizimida yangi birliklar paydo bo‘ldi - Yerning og‘irligi 6 ronnagramm

So‘nggi 30 yilda birinchi marta Xalqaro birliklar tizimiga (SI) yangi atamalar qo‘shildi.

Foto: AP

Jumladan, to‘rtta yangi prefiks: ronna (ronna, 1027 yoki 27 ta nolga ega raqam), va kvetta (quetta, 1030), shuningdek, ronto (ronto, 10-27) va kvekto (quecto, 10-30).

Yangi prefikslarning qabul qilinishi Buyuk Britaniyaning Milliy fizika laboratoriyasi tomonidan tasdiqlandi. Og‘irliklar va o‘lchovlar bo‘yicha 27 Bosh konferensiyada ishtirok etgan dunyo olimlari va hukumat vakillari buni yoqlab ovoz berishdi.

Hozirda yangi prefikslardan Yerning og‘irligini ifodalash uchun foydalanish mumkin, bu taxminan 6 ronnagramm, Yupiter esa taxminan 2 kvettagrammga teng. Shkalaning boshqa tomonida juda kichik massaga ega jismlar turadi, masalan, elektronning massasi 1 rontogramm, mobil telefonda saqlanadigan bir bit ma’lumot esa 1 kvektogrammga teng.

Olimlarning ta’kidlashicha, yangi prefikslar dunyoning katta va kichik raqamlarga bo‘lgan ehtiyojini kamida 20-25 yil dvomida qondirishi kerak.

So‘nggi marta SI tizimiga 1991 yilda zetta (1021) va yotta (1024) atamalari kiritilgan edi.

Mavzuga oid