O‘zbekiston | 09:26 / 25.11.2022
10206
2 daqiqa o‘qiladi

Yuqori Chirchiqdagi karantin majmuasida texnopark tashkil etilishi kutilyapti

Foto: Kun.uz

“Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida to‘qimachilik sanoatiga ixtisoslashgan industrial texnoparkni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Investitsiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent viloyati hokimligi va Savdo-sanoat palatasining:

  • Savdo-sanoat palatasi muassisligidagi SSP Texnopark MChJ tomonidan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida to‘qimachilik sanoatiga ixtisoslashgan industrial texnoparkni tashkil etish;
  • SSP Texnopark MChJ ustav fondida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ulushini shakllantirish hisobiga Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani, “Qo‘rsoy” va “Nurli zamin” MFY hududidagi 69,2 gektar maydondan iborat bo‘lgan fuqarolarni vaqtincha saqlashga moslashtirilgan karantin majmuasini balans qiymatda berish;
  • keyinchalik ushbu davlat ulushini SSP Texnopark MChJga belgilangan tartibda qiymatini bo‘lib to‘lash shartlari asosida berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi. Ushbu band bilan o‘tkazilayotgan mulk soliq solish obekti hisoblanmaydi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:

  • Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani, “Qo‘rsoy” va “Nurli zamin” MFY hududidagi 69,2 gektar maydoni SSP Texnopark MChJ ustav fondiga berilishini;
  • SSP Texnopark MChJ ustav fondida shakllanadigan davlat ulushini belgilangan tartibda SSP Texnopark MChJga qiymatini bo‘lib to‘lash shartlari asosida berish bo‘yicha shartnoma tuzilishini ta’minlaydi.

Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda texnopark hududida mato va charm mahsulotlarini bo‘yash hamda mato, tayyor kiyim, aksessuar va furnituralar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan investitsiya loyihalari dasturini ishlab chiqib, Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasiga kiritadi.

Mavzuga oid