O‘zbekiston | 18:26 / 29.11.2022
9119
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxlik yigit otasiga jahl qilib uning otxonasini yoqib yubordi

Otasining otxonani ukasiga berib yuborganini eshitgan aka mol-mulk noto‘g‘ri taqsimlandi deb binoga o‘t qo‘ygan.

Foto: IIB axborot xizmati

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Qangli” MFYda yashovchi yigit otasining meros taqsimotidan norozi bo‘lib, uning otxonasini yoqib yuborgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Sharof Rashidov tumani Nurafshon mahallasida yashovchi shaxs tumanning Yoyilma mahallasi hududidagi otxonasi hamda u yerdagi mol-mulklarini o‘g‘illaridan biriga bergan.

Mol-mulk noto‘g‘ri taqsimlandi, deb otasining qaroridan xafa bo‘lgan boshqa bir o‘g‘il otxonaga benzin sepib, yoqib yuborgan.

Oqibatda qiymati 102 million so‘mlik 17 bosh toy va bozor narxi 145,7 mln so‘mlik beda g‘arami hamda otxonaning tom qismi yonib ketgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Mavzuga oid