Jahon | 19:44 / 07.12.2022
5798
2 daqiqa o‘qiladi

Time Zelenskiy va «Ukraina ruhi»ni «yil odami» deb topdi

Zelenskiy vaziyatga moslasha oldi va bosim ostida o‘zini yo‘qotmaslikni o‘rgandi, deb yozdi nashr.

Britaniyaning Time jurnali talqiniga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va «Ukraina ruhi» «yil odami» bo‘ldi.

Nashrning ta’kidlashicha, Zelenskiy bosqinning dastlabki murakkab haftalarida Kiyevni tark etmadi. Janglar davomida rus bosqinchilari o‘z maqsadiga erisha olmadi.

Jurnalistlar eng og‘ir davrda Ukrainada qolgan Zelenskiyni Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘aniy bilan taqqoslashadi. «Tolibon» kuchlari yaqinlashgach, G‘aniy poytaxtdan qochib ketgan edi.

Zelenskiy vaziyatga moslasha oldi va bosim ostida o‘zini yo‘qotmaslikni o‘rgandi. Prezident ortidan minglab ukrainaliklar qurolni qo‘lga olib, o‘z uyi himoyasiga otlandi, deb yozdi nashr.

2022 yil may oyida Vladimir Zelenskiy Time jurnali o‘quvchilari tomonidan yilning «eng nufuzli odami» deb topilgan va Ilon Mask bilan Boris Jonsonni ortda qoldirgan edi.

Avvalroq, Financial Times nashri ham Vladimir Zelenskiyni «Yil odami» deb e’lon qilgan edi.

Mavzuga oid