O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari gul yetishtirish sohasiga xorijiy sarmoyalarni jalb etishni boshlaydi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Furqat Siddiqov Gul yetishtiruvchilar uyushmasi raisi Alisher Musaboyev bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.
Muloqot chog‘ida soha bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, sohada investitsiya loyihalarini amalga oshirish, tarmoqqa xorijlik mutaxassislarni jalb etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur soha juda istiqbolli ekani va bugun dunyo miqyosida bu yo‘nalishdagi ishlab chiqarish hajmi 65 milliard dollarga tengligi alohida ta’kidlandi.
O‘zbekiston xorijdagi elchixonalari bilan birgalikda mazkur sohaga xorijiy kompaniyalar sarmoyalarini jalb etish, gul yetishtirish bo‘yicha yuqori texnologiyali zamonaviy issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish va tayyor mahsulotni tashqi bozorga eksport qilishga qaratilgan muzokaralar tashkil qilish masalasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
01:21 / 01.12.2024
O‘zbekiston fuqarolari noma’lum sabablarga ko‘ra BAA hududiga kiritilmayapti
15:32 / 26.11.2024
Pekinda qiyin vaziyatga tushib qolgan 40 nafarga yaqin fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
12:04 / 21.11.2024
Zelenskiy elchixonalar yopilishi fonida xotirjamlikka chaqirdi
08:31 / 21.11.2024