Zelenskiy elchixonalar yopilishi fonida xotirjamlikka chaqirdi
Portugaliya, Ispaniya, Gretsiya, Italiya va Kanadaning Kiyevdagi elchixonalari faoliyatini to‘xtatdi. Zelenskiyning ta’kidlashicha, vahima «faqat Rossiyaga foyda keltiradi».
Bir qator Yevropa davlatlari, shuningdek, AQSh va Kanada 20 noyabr, chorshanba kuni Kiyevdagi elchixonalari faoliyatini to‘xtatganini e’lon qilganidan so‘ng, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy shu kuni kechqurun an’anaviy murojaatida vatandoshlariga «ba’zi vahima xabarlar tarqalishi faqat Rossiyaga foyda keltirishi»ni ta’kidladi.
Shuningdek, 20 noyabr oqshomida AQShning Kiyevdagi elchixonasi saytida Amerika diplomatik missiyasi «havo hujumi ehtimoli yuqoriligi haqidagi xabarlar tufayli 20 noyabr kuni ish vaqtini vaqtincha o‘zgartirgani» haqida press-reliz e’lon qilindi. «Elchixona ochiq va o‘z faoliyatini davom ettirmoqda», — deyiladi bayonotda.
Kanada hukumati veb-saytida aytilishicha, mamlakatning Kiyevdagi elchixonasi «xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat tufayli» shaxsiy xizmat ko‘rsatishni vaqtincha to‘xtatgan.
Portugaliya, Ispaniya, Gretsiya va Italiya ham 20 noyabr kuni Ukraina poytaxtida ish vaqtinchalik to‘xtatilishi haqida xabar berdi. Germaniya TIV veb-saytida Germaniyaning Kiyevdagi elchixonasi konsullik ishlarini cheklangan darajada amalga oshirayotgani qayd etilgan.
RF hujumi tahdidi tufayli Kiyevdagi bir qancha elchixonalar yopildi
AQShning Kiyevdagi elchixonasi 20 noyabr kuni ehtimoliy «kuchli havo hujumi» haqida ogohlantirdi. Bayonotda ehtimoliy hujum haqida «aniq ma’lumot» olingani va ehtiyot chorasi sifatida elchixona yopilishi aytilgan. AQSh fuqarolariga havo hujumi sodir bo‘lgan taqdirda darhol boshpana izlashga tayyorgarlik ko‘rish tavsiya etildi. Kreml AQSh elchixonasi xabariga izoh berishdan bosh tortdi.
Amerika diplomatik missiyasi ortidan Ispaniya, Italiya va Gretsiya elchixonalari xavfsizlikka ehtimoliy tahdidlar tufayli o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Ukrainada yashovchi ispan fuqarolariga elektron pochta orqali mahalliy hokimiyatlarning barcha ko‘rsatmalariga rioya qilish va boshpana yaqinida bo‘lish tavsiya qilindi.
Mavzuga oid
13:20 / 09.12.2024
Axios: Tramp Zelenskiy bilan Parijda uchrashishni istamagan
17:12 / 08.12.2024
Zelenskiy: urush boshlanganidan beri 43 ming ukrainalik harbiy halok bo‘ldi
13:33 / 08.12.2024
Tramp Putinni Ukraina bilan muzokaralarga chaqirdi
17:05 / 07.12.2024