O‘zbekiston | 11:04 / 09.12.2022
2113
1 daqiqa o‘qiladi

Axborot va aloqa korxonalari soni eng ko‘p hudud aytildi

Qaysi hududda axborot va aloqa sohasidagi korxonalar soni ko‘p ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2022 yil 1 dekabr holatiga, respublikada axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 12 063 tani tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda ushbu sohada 2 423 ta yangi korxonalar tashkil etilgan. Ular 2 410 tasi kichik biznes sub’yektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Axborot va aloqa sohasidagi korxonalar eng ko‘p yangi tashkil etilgan hududlar orasida Toshkent shahri birinchi o‘rinni egalladi – 1060 ta.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • Samarqand viloyatida – 201 ta;
  • Farg‘ona viloyatida – 193 ta;
  • Toshkent viloyatida – 139 ta.

Mavzuga oid