O‘zbekiston | 11:36 / 10.12.2022
13823
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda nikohdan ajrashish holatlari soni ko‘paydi

Noyabr oyida O‘zbekistonda qancha nikohdan ajrashish holatlari qayd etilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2022 yil noyabr oyida respublika bo‘yicha 4 123 ta nikohdan ajrashish holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan. 

Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 959 taga ko‘paygan. 

Hududlar kesimida ajrashishlar soni eng ko‘p Toshkent shahrida qayd etildi – 558 ta holat.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Farg‘ona viloyati – 528 ta;  
  • Andijon viloyati – 486 ta; 
  • Toshkent viloyati – 448 ta; 
  • Samarqand viloyati – 385 ta; 
  • Namangan viloyati – 366 ta;  
  • Qashqadaryo viloyati – 272 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 268 ta; 
  • Xorazm viloyati – 227 ta; 
  • Buxoro viloyati – 206 ta; 
  • Qoraqalpog‘iston R. – 192 ta;  
  • Jizzax viloyati – 178 ta;  
  • Sirdaryo viloyati – 154 ta;
  • Navoiy viloyati – 129 ta.  

Mavzuga oid