O‘zbekiston | 11:04 / 15.12.2022
3294
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda ishlayotgan xorijiy korxonalar soni oshdi
O‘zbekistonda qaysi davlatlar kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘pligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2022 yil 1 dekabr holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 15 497 tani tashkil etgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yil mos davriga nisbatan 2 389 taga oshgan.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar davlatlar kesimida soni:
- Rossiya – 3 055 ta;
- Turkiya – 2 171 ta;
- Xitoy – 2 115 ta;
- Qozog‘iston – 1 235 ta;
- Koreya – 919 ta.
Xorijiy kapital ishtirokida 2022 yil 11 oyida yangi tashkil etilgan korxonalar davlatlar kesimida soni:
- Rossiya – 842 ta;
- Turkiya – 331 ta;
- Xitoy – 245 ta;
- Qozog‘iston – 174 ta.
Mavzuga oid
13:31 / 19.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma korxonalarni ko‘paytirishni muhokama qilyapti
13:16 / 16.11.2024
5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
08:08 / 07.11.2024
Monopoliyaga qarshi organ roziligisiz davlat ishtirokidagi korxona tashkil etilgan 4 ta holat aniqlandi
07:30 / 12.10.2024