Jahon | 18:42 / 16.12.2022
8971
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda mustaqillik kuni nishonlandi

Prezident To‘qayev Qozog‘iston suvereniteti va yaxlitligini himoya qilish muqaddas burch ekanini aytdi.

Foto: AP

2022 yil 16 dekabrda Qozog‘iston 31-marta Mustaqillik kunini nishonladi.

Mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev vatandoshlarini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

«Mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish bizning muqaddas burchimizdir», dedi To‘qayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 1991 yil 16 dekabr kuni ajdodlar orzusi ro‘yobga chiqqan ulug‘ sana hisoblanadi.

«2022 yil davlat uchun burilish yili bo‘ldi. Biz misli ko‘rilmagan ichki va tashqi qiyinchiliklarga duch keldik, biroq birlik va hamjihatlik tufayli barcha sinovlarni dadil yengib o‘tdik. Davlatni yanada rivojlantirish oldimizda turgan asosiy vazifadir. Bunga erishish uchun biz ko‘p mehnat qilishimiz kerak. Shundagina Qozog‘iston kuchli davlatga aylanadi», — dedi To‘qayev.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan Qozog‘istonda turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

Mavzuga oid