Surxondaryoda ayol va uning onasini urib katta miqdorda pul hamda tilla taqinchoqlarni olib ketgan bosqinchilar ushlandi
Ular yuziga niqob taqib, qo‘llarida qo‘lqop va yog‘och bita bilan qurollangan holda bo‘lgan.
Surxondaryoda bosqinchilik qilib birovning xonadoniga kirgan va u yerdan pullar va qimmatbaho taqinchoqlarni olib ketgan yigitlar ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2022 yil 26 noyabr kuni Angor tumani Navbahor mahallasida sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro D.R.(ayol)ning yashash uyiga tunda 3 nafar noma’lum shaxs yuziga niqob taqib, qo‘llarida qo‘lqop va yog‘och bita bilan kirgan. Ular, uy egalarini qo‘rqitib, ulardan pul va boshqa moddiy qimmatliklarni berishini talab qilishgan. O‘sha vaqtda uyda D.R.ning onasi va voyaga yetmagan qizi ham bo‘lgan.
Bosqinchilar D.R.ning onasini boshi va qo‘llariga tan jarohati yetkazib, uning bo‘ynidagi tilla zanjir, tilla bilaguzuk, tilla ziragini va “Redmi 9» rusumli telefon apparatini olishgan.
D.R.ning tayoq bilan boshiga va tanasining turli joylariga bir necha marotaba urib, uydagi temir seyfni ochtirishgan. Keyin u yerda bo‘lgan tilla buyumlar va taqinchoqlarni, jami 10 ming 50 dollar, 65 mln so‘m pulni olib, hodisa joyidan yashirinishgan.
Olingan tezkor ma’lumotga asosan surishtiruv ishlari olib borilganida, mazkur jinoyatni tumanning Qadimiy Angor mahallasida yashovchi B.O tanishlari S.X va N.X. bilan birgalikda sodir etgani aniqlangan va ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
19:31 / 29.11.2024
Andijonda mashinasida pul olib yuradigan fuqaro niqobli shaxslar hujumiga uchradi
10:05 / 24.09.2024
Surxondaryoda Labo boshqarib ketayotgan yosh bolaning otasiga chora ko‘rildi
16:20 / 05.06.2024
19 yoshida 18 yillik qamoq – Qoraqalpog‘istonda bosqinchilik va qotillik qilgan yigitga hukm o‘qildi
18:33 / 27.04.2024