Xitoy kunlik kovid statistikasini e’lon qilishni to‘xtatdi
Xitoyning koronavirus haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilishni to‘xtatish qarori yangi infeksiya holatlarining ulkan to‘lqini fonida paydo bo‘ldi. Xitoy rasmiylari bunday qadam sabablarini izohlamadi.
Xitoyda koronavirusning ulkan to‘lqini cho‘qqisida rasmiylar to‘satdan har kuni yangi infeksiyalar va o‘limlar haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilishni to‘xtatdi. Tegishli ma’lumotlar bundan buyon Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari tomonidan ma’lumotnoma va tadqiqot maqsadlarida e’lon qilinadi, deb xabar qildi Xitoy Xalq Respublikasi Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi 25 dekabr, yakshanba kuni.
Komissiya bunday ma’lumotlar qanchalik tez e’lon qilinishini aniqlashtirmadi. Ushbu qarorning sabablari ham xabar qilinmagan. Avvalroq Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari bir kun avval materik Xitoyda koronavirusdan o‘lim holatlari qayd etilmaganini ma’lum qilgandi.
Xitoyda hozir koronavirusning omikron varianti avj olib bormoqda. Shunga qaramay, XXR hukumati kovidga nisbatan nol bardoshlik siyosatidan voz kechdi va aholini sinovdan o‘tkazishning qat’iy qoidalari hamda sayohat cheklovlarini bekor qildi. Ko‘pchilik xitoyliklar bu harakatni olqishladilar.
Shu bilan birga, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi kasallar keskin oshib borayotgani, shifoxonalar to‘lib-toshgani, dorixonalarda dori-darmonlar yetarli emasligi fonida yuklamaga bardosh bera olmayapti. Mutaxassislar yanvar oyida Xitoy yangi yilni nishonlash paytida vaziyat yanada yomonlashishini kutishmoqda.
Bir kun avval Xitoyda, ichki hisob-kitoblarga ko‘ra, dekabr oyining birinchi uch haftasida norasmiy ichki raqamlarga muvofiq, 248 million kishi yoki mamlakat aholisining 18 foizi kasallangani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
13:07 / 21.06.2023