Jahon | 13:23 / 02.01.2023
10961
2 daqiqa o‘qiladi

Isroilning Damashq aeroportiga bergan zarbasi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Damashq aeroportiga Isroil hujumi qurbonlari orasida ikki suriyalik harbiy ham bor. Raketa hujumi aeroportni ishdan chiqardi, deya xabar beradi Suriya inson huquqlari kuzatuv markazi.

Foto: time.news

2 yanvar, dushanbaga o‘tar kechasi Isroil Damashq xalqaro aeroportiga raketa hujumi uyushtirdi, natijada to‘rt kishi, jumladan, ikki suriyalik askar halok bo‘ldi, deya ma’lum qildi Suriya inson huquqlari kuzatuv markazi (SOHR). «To‘rt nafar jangchi, jumladan, ikki nafar suriyalik harbiy halok bo‘ldi. Shuningdek, raketalar «Hizbulloh» va eronparast guruhlarning aeroport binosi ichidagi va tashqarisidagi pozitsiyalariga, jumladan, o‘q-dorilar omboriga zarba berdi», - deyiladi xabarda.

O‘z navbatida, harbiy manba Suriyaning davlatga qarashli SANA axborot agentligiga Isroil Damashq xalqaro aeroporti va uning atrofiga raketalar otganini, natijada ikki suriyalik askar halok bo‘lganini aytdi. Xabar qilinishicha, aeroport ishlamayapti. 

Yetti oydan kamroq vaqt ichida bu Isroilning Damashq aeroportiga ikkinchi hujumi bo‘lib, u yerda eronparast qurolli guruhlar va Livanning «Hizbulloh» radikal harakati jangarilari joylashgan. 

Joriy zarba Isroil armiyasi rahbariyati 2023 yilga mo‘ljallangan operatsiyalar rejasini taqdim etganidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi. «Biz Suriyadagi harakatlarimiz uzluksiz va tizimli harbiy choralar butun mintaqadagi ta’sirning o‘zgarishiga olib kelganiga misol ekanligini ko‘rmoqdamiz. Biz Suriyada «Hizbulloh» 2.0 mavjudligini qabul qilmaymiz», - deyiladi xabarda. 

Mavzuga oid