O‘zbekiston | 09:23 / 04.01.2023
17512
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda o‘quv binosining yerto‘la qismida portlash sodir bo‘ldi

Hozirda portlash sabablari aniqlanmoqda. Tan jarohati olganlar yo‘qligi aytildi. 

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Buxoro shahrida o‘quv binosining yerto‘la qismida chaqnash sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat FVB rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 4 yanvar kuni soat taxminan 00:52 larda Buxoro shahri, “Olim Xo‘jayev” MFY Mustaqillik ko‘chasida joylashgan, o‘quv markaz sifatida foydalanib kelingan 50/3-uyning yerto‘lasida chaqnash sodir bo‘lgan. Buning oqibatida yerto‘ladagi 3 dona eshik romlar joyidan siljigan va 70 kv.m maydonda tom qismi plastik qoplamasi zararlangan.

Chaqnash oqibatida jabrlangan va tan jarohati olganlar yo‘q.       Hozirda chaqnash sabablari aniqlanmoqda.

Oldinroq Buxoroda qurilayotgan 7 qavatli uyning 7-qavatida beton plitalar qulab tushgandi.  

Mavzuga oid